Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Unutmang! 1 fevraldan taqiqlanadi

Unutmang! 1 fevraldan taqiqlanadi

“Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, ob’ektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.  

2020 yil 1 fevraldan boshlab: 

? eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi;

? fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi;

? yuridik shaxslar tomonidan da’vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 10:22 21.11.2019. O'qildi: 7943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!