G‘azo sektoridagi 1,4 milliondan ortiq kishi sentyabr oyida oziq-ovqat yordamini olmagan.
Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazzarini X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Avgust oyida G‘azoda 1 milliondan ortiq odam oziq-ovqat yordamini olmagan. Sentyabrda ularning soni 1,4 milliondan oshdi", — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning ta’kidlashicha, yetkazib berish cheklovlari xavfsizlik, yo‘llarning shikastlanishi va "qonun va tartibning buzilishi" bilan bog‘liq.