Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘nlab yahudiylar Masjidul Aqsoga bostirib borishdi

O‘nlab yahudiylar Masjidul Aqsoga bostirib borishdi

Isroil polisiyasi himoyasi ostida yana o‘nlab yahudiylar Quddusdagi Masjidul Aqsoga bostirib kirishdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Quddusdagi Islomiy vaqflar idorasi matbuot kotibi Faros Dubs bergan bayonotida: 59 nafar konservativ ruhdagi yahudiy, 80 nafar yahudiy institute talabalari va 3 nafar Isroil razvedkasi xodimlari bugun Masjidul Aqsoga bostirib kirdi , degan.

Bugun ertalab Masjidul Aqso eshiklari kecha seshanba kuni Isroil polisiyasi tomonidan berkitilganidan keyin qayta ochilgan xabarberilgan edi.

Guvohlarning Anadolu ga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Aqso eshiklari bugun ertalab bomdod namozi vaqti kirishidan ozgina oldin ochilgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 21:30 14.03.2019. O'qildi: 2461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!