Chorshanba kuni o‘nlab yahudiylar G‘arbiy sohilning Sebastiya shahridagi tarixiy maydonga yahudiylarning Ursh bayrami munosabati bilan bostirib kirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Sebastiya hokimi Muhammad Ozim Anadoluga bergan intervyusida o‘nlab yahudiylar askarlar himoyasida tarixiy maydonga Ursh bayrami munosabati bilan bostirib kirganini va diniy marosimlarini ado etganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati tomonidan mazkur yer falastinliklar uchun 48 soatga yopib qo‘yilishi yetkazilgan.
Chorshanba kuni yahudiylar bir hafta davomida nishonlaydigan Ursh bayramining uchinchi kuni hisoblanadi.
Yahudiylar Sebastiya shahridagi tarixiy joyda Tavrotda zikr qilingan saroy borligiga ishonishadi.
Falastin sayyohlik vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur maydon tarixi miloddan avvalgi 3200 yilga borib taqaladi.
Manba: azon.uz