Manbalarning xabar berishicha, "United Airlines" bosh direktori Skott Kirbi fevral oyi oxirida Oq uyda Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "American Airlines" bilan birlashish imkoniyatini ilgari surgan. Agar bu kelishuv amalga oshsa, sohada so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik konsolidasiya yuz beradi va dunyodagi eng ulkan aviakompaniya tashkil etiladi.
Kirbining fikricha, bunday birlashish AQSh aviakompaniyasiga xalqaro bozorda xorijiy raqobatchilarga qarshi turishda katta ustunlik beradi. Biroq ekspertlar va Oq uy vakillari bunga shubha bilan qaramoqda. Chiptalar narxi oshishi, ish o‘rinlari qisqarishi va bozorda monopoliya yuzaga kelishi xavfi tufayli loyiha jiddiy qonuniy to‘siqlarga duch kelishi mumkin.