Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023 y.) bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
▫️tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
▫️tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
▫️psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
▶️ Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
📌 Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
🗓 Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
➡️ Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.
📁 Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
⚠️ Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.