Ijtimoiy tarmoqda TOSHKENT – “UMS operatorining ko‘p sonli abonentlari puli ochiqcha o‘g‘irlandi" deb nomlangan video keng tarqalmoqda.
“UMS uyali aloqa operatori juda ko‘plab abonentlarning pulini asossiz ravishda yechib oldi. Ko‘p sonli mijozlar shu masalada kompaniya bosh ofisiga kelishdi. Ular asossiz ravishda 10-30 dollardan qarz qilib qo‘yilgan. Qisqasi, ochiqchasiga o‘g‘irlik qilingan”, deb yoziladi xabarda.
Hozircha bu xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.