So‘nggi yillarda fuqarolarni ishga, o‘qishga yoki ziyoratga yuborish va’dasi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paymoqda.
Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki nafar fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, buning uchun 3600 AQSh dollari talab qilgan. U oldindan 1000 dollar olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs esa Umra ziyoratini tashkil etish vakolatiga ega bo‘lmagan holda, ikki nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 2200 AQSh dollari olgan. Uning noqonuniy harakatlariga DXX va IIB xodimlari tomonidan chek qo‘yilgan.
Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.