Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Umar Nurmagomedovning UFCdagi ilk jangi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Umar Nurmagomedovning UFCdagi ilk jangi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmagomedov (12-0-0, 1 KO) UFCdagi debyut jangini 19 aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tkazadi.

Umarga ushbu jangda amerikalik Hanter Azur (8-0-0, 3 KO) raqiblik qiladi. Jang UFC 249 musobaqasi doirasida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqaning asosiy jangi esa Habib Nurmagomedov (Umarning amakivachchasi) hamda Toni Fergyuson o‘rtasida kechadi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Umar hozirgacha MMA’da 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 16:19 28.02.2020. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!