Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq ma’muriy reglament tasdiqlanmoqda

A A A
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq ma’muriy reglament tasdiqlanmoqda

Loyiha bilan O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etilmoqda.
“2022 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2022 yil 1 iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi”, - deyilgan hujjatda.
Byurokratik to‘siqlarning oldini olish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida FHDYo organlari tomonidan beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnomalar o‘lim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilmoqda hamda bu ma’lumotnomalarni davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etishi taqiqlanmoqda.
O‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish, o‘limni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish bo‘yicha kompozit davlat xizmatlari joriy etilmoqda.

Kiritildi: 22:07 07.12.2021. O'qildi: 2907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!