Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ukrainaning Rossiya infratuzilmasiga hujumlari neft eksporti imkoniyatlarini 20 foizga qisqartirdi

Ukrainaning Rossiya infratuzilmasiga hujumlari neft eksporti imkoniyatlarini 20 foizga qisqartirdi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ukrainaning port infratuzilmasi, quvurlar va neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari Rossiyaning eksport salohiyatini sezilarli darajada kamaytirdi. Oxirgi oyda Ukraina Boltiq bo‘yidagi Ust-Luga va Primorsk portlariga hujumlarni kuchaytirgan.

Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya umumiy eksport quvvatining kamida 20 foizi hozirda ishlamayapti. Bu ko‘rsatkich mart oyidagi 40 foizlik eng yuqori nuqtadan pastroq bo‘lsa-da, soha mutaxassislarining fikricha, bu Rossiyada neft qazib olish hajmiga ta’sir qilish uchun yetarli hisoblanadi.

Dunyodagi ikkinchi yirik eksportyor bo‘lgan Rossiyada qazib olishning kamayishi global bozorga bosimni oshiradi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli energiya yetkazib berishda uzilishlar kuzatilayotgan bir paytda bu vaziyat jahon neft bozorini yanada beqarorlashtirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:40. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!