Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukrainaning «g‘alaba rejasi» to‘rtta banddan iborat

Ukrainaning «g‘alaba rejasi» to‘rtta banddan iborat

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi sessiyasiga tashrifi doirasida G‘arb ittifoqchilariga taqdim etadigan «g‘alaba rejasi» to‘rtta asosiy banddan iborat, deb yozmoqda The Sunday Times.

Ushbu bandlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Ukraina uchun G‘arb tomonidan «NATOga kirishda o‘zaro mudofaa paktiga o‘xshash» xavfsizlik kafolatlari;
  • Kursk viloyatidagi Ukraina operasiyasini hududiy ustunlikda davom ettirish;
  • «maxsus» zamonaviy qurol to‘g‘risida so‘rov;
  • vayron bo‘lgan Ukraina iqtisodiyoti uchun xalqaro moliyaviy yordam.

Zelenskiy 26 sentyabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvga qadar rejaning to‘liq tafsilotlarini oshkor qilmasligini aytdi. U, shuningdek, rejani ikki prezidentlikka nomzod — Donald Tramp va Kamala Harrisga taqdim etmoqchi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Zelenskiy AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, Rossiyaga yon berishga moyil bo‘lishi mumkin bo‘lgan Tramp ma’muriyatidan Amerika qo‘llab-quvvatlashining kafolatlarini olishni istamoqda.

Kiritildi: 23:20 23.09.2024. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!