Polshaga kelgan ukrainalik qochqinlar kvartiralarni ijaraga olish narxining keskin oshishiga va ipoteka kreditlarining oshishiga olib keldi.
Bu haqda IA REGNUMning Polsha masalalari bo‘yicha eksperti Stanislav Stremidlovskiy Ukraina.ru nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Endi haqiqat boshqacha. Katta shaharlarga bunday ko‘p sonli qochqinlarning kelishi kvartiralarni ijaraga berish narxining keskin oshishiga olib keldi, ipoteka ko‘tarila boshladi, demak, ko‘plab polyaklar ahvoli yomonroq, chunki ular uchun qiyinroq bo‘ldi,- dedi Stermidlovskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ukrainaliklarga berila boshlagan imtiyozlar ham ko‘plab polyaklarning g‘azabini uyg‘ota boshlagan.