Albaniya bosh vaziri Edi Rama Yevropa Ittifoqi vakillarini Ukrainaning tashkilotga a’zo bo‘lish istiqbollari haqida yolg‘on va’dalar berishda aybladi.
"Ukrainaga qarang. Unga va’da qilinayotgan narsalar — yolg‘on. Barcha mezonlarga rioya qilingan odatiy tartib orqali Ukraina hech qachon Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmaydi", — dedi Rama Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
Albaniya bosh vazirining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqida buni barcha yaxshi tushunadi.