Bugun 6 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaga 400 mln dollar kredit ajratiladi

Ukrainaga 400 mln dollar kredit ajratiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorlar kengashi Kengaytirilgan fond dasturi doirasida Ukrainaga 400 million dollar ajratishni ma’qulladi. Ular mamlakat iqtisodiyoti barqarorligicha qolayotganiga aniqlik kiritishdi.

“XVJning Ukraina bo‘yicha dasturi favqulodda yuqori noaniqlik davrida fiskal, tashqi va makromoliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni mustahkamlashga yordam beradi”, deyiladi XVJ veb-saytidagi bayonotda. Tashkilot qo‘shimcha qilganidek, dastur Ukrainaning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ukraina uchun kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi 2023 yilda boshlangan va 2027 yilgacha amal qilish uchun mo‘ljallangan. Uning hajmi 15,5 milliard dollarni tashkil etadi.

2024 yil dekabrida XVJ Ukraina uchun 1,1 milliard dollarlik transhni ma’qullagandi.

Kiritildi: 16:56 29.03.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!