Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukrainada saylov natijalari: Yashil avokado 72,5 foiz, Roshen konfetlari 26 foiz

Ukrainada saylov natijalari: Yashil avokado 72,5 foiz, Roshen konfetlari 26 foiz

Bugun, 21 aprel kuni Ukrainada prezidentlik saylovining ikkinchi turi o‘tkazilmoqda. Unda 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi turida yetakchilik qilgan shoumen Vladimir Zelenskiy amaldagi prezident bilan kurash olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Vladimir Zelenskiy 30,24 foiz, prezident Petro Poroshenko esa 15,95 foiz ovoz to‘plagan.

Saylovlar Toshkent vaqti bilan 22:00 ga qadar davom etadi. Ammo, jurnalistlar hamda analitiklar saylovning taxminiy natijalari haqida ma’lum qilishni boshladi. Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, saylov muddati tugaguniga qadar natijalar haqida fikr bildirish ta’qiqlanadi.

Saylov uchastkalaridan chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra (ekzitpol), 70 foizdan ko‘proq ovoz bilan Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda Vladimir Zelenskiy saylanadi. Shu va shu kabi ma’lumotlarni siyosiy texnolog Dmitriy Raimov e’lon qildi.

Bu haqda u Kiyev sepurmarketidagi narxlar haqida yozar ekan, yashil avokado hamda shokoladli konfetlarning narxlarini Zelenskiy hamda uning raqibi Petr Poroshenkoga nisbat bergan holda taqqosladi.

Men supermarketga kirdim. U yerda bugun yashil avokado 72,5, shokoladli konfetlar esa 26, deb yozadi Raimov.

Uning tushuntirishicha, birinchi turda konfetlar arzonlagan , lekin avokadoning arzonlashgan aksiyasi bo‘lmaydi .

Ukrainalik jurnalist Igor Gujva o‘zining feysbukdagi sahifasida taxminiy natijani o‘tgan galgidek spirtli ichimliklar obrazida ma’lum qildi.

Yana bir tadqiqot (Keyingi to‘lqinni hisobga olgan holda) quyidagi holatni ko‘rsatmoqda: shokoladli lekyor - 28,2 foiz, qichitqi o‘t damlamasi - 71,8 foiz, - deb yozdi u.

Ukrainada yopiq saylov natijalari haqida ekzitpollarni e’lon qilish mumkin emas. Shu sabab jurnalistlar manbalardan olingan ma’lumotlarni ezop tilida yetkazishga harakat qilishmoqda. Poroshenkoning shokoladli konfetlarga qiyoslanishi uning shirinliklar ishlab chiqaruvchi Roshen kompaniyasiga ishora qiladi. Zelenskiy esa yashil avokado hamda krapivo damlamasiga qiyoslangan, bu uning familiyasi hamda saylov kompaniyalaridagi foydalangan rangiga ishora qiladi.

life.ru

Kiritildi: 21:01 21.04.2019. O'qildi: 2767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!