Ukraina va Rossiya mumkin bo‘lgan imtiyozlarni aniqlash uchun yashirin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Die Zeit xabar berdi.
"Energetika infratuzilmasiga hujumlardan o‘zaro chekinish, mahbuslar almashinuvi, ukrainalik bolalarni qaytarish va don bitimi bo‘yicha kelishuvni o‘z ichiga olgan imtiyozlarni muhokama qilish bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib borilmoqda", deyiladi maqolada.
Nashrning yozishicha, muzokaralar siyosiy maslahatchilar darajasida Kopengagen, Kiyev, Davos, Jidda va boshqa joylarda G7 davlatlari va Xitoy ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
"Gap endi tinchlik muzokaralari bo‘ladimi yoki yo‘qmi, balki qachon va qanday bo‘lishida", deyiladi materialda.