Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina O‘zbekistondan suyuq xlor import qiladi

A A A
Ukraina O‘zbekistondan suyuq xlor import qiladi
Ukraina ichimlik suvini tozalashda O‘zbekistondan suyuq xlor sotib oladi. Bu haqda Ukraina vise-Bosh vaziri Gennadiy Zubko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Ruminiyadan xlor import qiladi, shuningdek, rasmiy Kiyev O‘zbekistondan sotib olingan xlordan ham foydalana boshlaydi.

“Kiyevvodokanal” markaziy suv quvuriga ulangan ba’zi region va shaharlarga suv yetkazib berish cheklanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bunga “DneprAzot” zavodining to‘xtatilishi sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “DneprAzot” zavodi xlor ishlab chiqaradi. Zavod elektr energiyasi qimmatligi sababli faoliyatini to‘xtatgan.
 
Manba: qalampir.com
Kiritildi: 23:31 25.07.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik