Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina Rossiyaga talab qo‘ydi

A A A
Ukraina Rossiyaga talab qo‘ydi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan go‘yoki ushbu davlat chegarasini buzgani uchun qo‘lga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalaridagi dengizchilarni qaytarishni talab qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Vazirlik Moskvani yaralanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, «Ukraina tomoniga yetkazilgan zarar uchun tovon puli to‘lash»ga chaqirdi.

Bundan tashqari, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ittifoqchilar va sheriklarga Rossiyani bosib turish uchun «yangi sanksiyalarni qo‘llash va mavjud bo‘lganlarini kuchaytirish», shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam taqdim etish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi.

 

Kiritildi: 10:37 26.11.2018. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik