Ukrainaning Rossiya tomoni bilan Turkiyadagi uchrashuvi 23 iyul, chorshanba kuni rejalashtirilgan.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.
"Bugun men Rustem Umerov bilan almashuvga tayyorgarlik va Rossiya tomoni bilan Turkiyadagi navbatdagi uchrashuvni muhokama qildim. Umerov uchrashuv chorshanba kuni rejalashtirilganini ma’lum qildi", dedi Zelenskiy dushanba kuni kechki nutqida.
U seshanba kuni batafsil ma’lumot berishini ta’kidladi.