Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy rahbariyatini Pxenyan rasmiylariga Shimoliy Koreya askarlarini Ukrainadagi janglarda Rossiya Federasiyasi tomonida qatnashish uchun yuborish masalasida ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.
"Bugun men shtab-kvartirada bo‘ldim... Kursk viloyatiga oid tafsilotlar – Shimoliy Koreya harbiylari ishtirokidagi janglar. Ularning yo‘qotishlari juda ko‘p. Juda. Biz Rossiya harbiylari va Shimoliy Koreya nazoratchilari bu koreyslarning omon qolishidan umuman manfaatdor emasligini ko‘ryapmiz", — dedi Zelenskiy kechki videomurojaatida.
Ukraina prezidentining da’vo qilishicha, ukrainalik harbiylar KXDRdan bir necha og‘ir yaralangan askarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan, biroq ularni qayta tiklab bo‘lmaydi.
"Ular hamma narsani shunday qilishadiki, biz koreyslarni qo‘lga olishning iloji yo‘q - ular tugatilmoqda, bunday faktlar bor", dedi u.
"Bu diktaturalar qodir bo‘lgan jinnilikning ko‘rinishlaridan biridir. Koreya xalqi Yevropada urushayotgan o‘z xalqini yo‘qotmasligi kerak. Va bunga, xususan, Koreyaning qo‘shnilari, xususan, Xitoy ta’sir qilishi mumkin. Agar Xitoy urush kengaymasligi kerakligi haqidagi bayonotlarida samimiy bo‘lsa, Pxenyanga tegishli ta’sir ko‘rsatish zarur", — dedi Zelenskiy.