Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina prezidenti koronavirusga chalinishga tayyor bo‘lgan

Ukraina prezidenti koronavirusga chalinishga tayyor bo‘lgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusdan qo‘rqmasligini va hatto ukrainaliklarga dalda bo‘lish uchun ushbu kasallikka chalinishga tayyor bo‘lganini aytdi.

"Men o‘zim ushbu bosqichni boshdan kechirishni xohlardim. Odamlarga bu oson bo‘lishi uchun. Biroz ruhiy tushkunlikka tushib qolganimizda, o‘zimizni qo‘lga olganmiz. Men xalqimga "Keling, men virusga chalinay, darhol meni karantinga joylashtirasiz. Odatdagidek yashashda davom etaman", dedim", — dedi u 3-4 iyun kunlari Xmelniskiy viloyatiga safari chog‘ida "Ukrainskaya pravda" nashriga bergan intervyusida.

"Odamlar bu qo‘rqinchli ekanligini tushunishi uchun kasal bo‘lishi, o‘zini yomon his qilishi kerak. Men buni o‘zim orqali ko‘rsatib beraman. Mening sog‘ayishim odamlarni tushkunlikdan chiqarib, saboq bo‘lardi. Odamlar bu vabo emasligini, chalinganlar, albatta, o‘lmasligini tushunishardi”, – dedi u.

Zelenskiyning aytishicha, u keyinchalik bu g‘oyadan voz kechgan. "Buni qilish qiyin emasdi. Ammo oilam meni kechirmasdi. Ular meni aqldan ozgan deb o‘ylashardi. Aslini olganda, haq bo‘lishardi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 23:39 09.06.2020. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!