Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina prezidenti devoni: "Parijdagi muzokaralar aniq natijalar berdi"

Ukraina prezidenti devoni: "Parijdagi muzokaralar aniq natijalar berdi"

Ukraina prezidenti devoni rahbari Kirill Budanovning aytishicha, Parij muzokaralarida allaqachon aniq natijalarga erishilgan.

"Biz Parijda barqaror tinchlik va mamlakatimiz uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlariga erishish uchun muhim muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. Hamma ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin emas, lekin aniq natijalarga allaqachon erishilgan va ish davom etmoqda", deb yozadi u.

Shuningdek, u Ukraina milliy manfaatlarni himoya qilish tamoyiliga amal qilishda davom etishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda bo‘lib o‘tgan "Xolislar koalisiyasi" yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina hududiga xalqaro kuchlarni joylashtirish niyati to‘g‘risidagi deklarasiyani imzolagan edi. Ishtirokchilar Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari deklarasiyasini ham imzoladilar.

Kiritildi: 17:15 07.01.2026. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!