Ukraina qo‘shimcha energiya ta’minotiga, xususan, Mozambikdan manfaatdor.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda Mozambik prezidenti Daniel Shapu bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.
“Biz Ukrainaga gaz yetkazib berish imkoniyatlarini va xavfsizlik muammolarini hal qilish yo‘llarini Mozambik prezidenti Daniel Shapu bilan muhokama qildik. Ukraina qo‘shimcha energiya ta’minotiga qiziqish bildirmoqda”, deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Mozambik o‘z navbatida ichki xavfsizlikni mustahkamlash va odamlarni tashqi tajovuzdan himoya qilish uchun Ukraina tajribasi va texnologiyalariga qiziqish bildirmoqda.
Rahbarlar shuningdek, raqamlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.
“Biz jamoalarimiz birgalikda ishlashiga kelishib oldik”, deb xulosa qildi Ukraina rahbari.