AQSh Ukrainadan tinchlik bitimi uchun shartlar ro‘yxatini oldi.
Bu haqda Donald Trampning maxsus vakili Keyt Kellog Fox News telekanalida ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.
"Bir haftadan sal ko‘proq vaqt oldin ruslar tinchlikka erishish uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, memorandum tayyorlaymiz, deb e’lon qilgan edi. Biz allaqachon Ukraina tomonidan bunday memorandumni olganmiz. Hozir Rossiyadan ham shunday hujjat kutmoqdamiz", - dedi u.
Memorandum olinganidan so‘ng muzokaralarning yangi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda. Kellogg avvalroq uchrashuv Jenevada o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.