Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Kursk viloyatida qarshi hujum boshladi

Ukraina Kursk viloyatida qarshi hujum boshladi

Ukraina qurolli kuchlari bosim ostida Rossiyaning g‘arbiy qismida, Kursk viloyatida yangi hujum operasiyasini boshladi. “Kursk viloyati, xushxabar: Rossiya o‘zi munosib bo‘lgan narsani olyapti”, deb yozdi Telegram’da Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Ermak va shu bilan hujum haqidagi xabarlarni bilvosita tasdiqladi. Avvalroq rossiyalik harbiy blogerlar Ukraina qo‘shinlarining kutilmagan hujumlari haqida xabar berishgan edi.

Kursk viloyatida rus qo‘shinlari hayratda qoldi, Ukraina hujumlari bir necha yo‘nalishda bo‘lmoqda, dedi Ukraina prezidentiga bo‘ysunuvchi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ham.

Ukraina harbiy qo‘mondonligining o‘zi ham, hujumga sukut saqlayotgan Rossiya Mudofaa vazirligi ham hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 12:41 06.01.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!