Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina G‘arb tomonidan berilgan kreditni Rossiya aktivlaridan keladigan daromad hisobiga qoplaydi

Ukraina G‘arb tomonidan berilgan kreditni Rossiya aktivlaridan keladigan daromad hisobiga qoplaydi

«Evropa Ittifoqi Ukrainaga beriladigan 50 milliard dollarlik kreditning 50-60 foizini moliyalashtiradi, bu esa Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foyda bilan kafolatlanadi».

Bu haqda Italiya iqtisodiyot va moliya vaziri Jankarlo Jorjetti Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning iqtisodiyot vazirlari yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

«Biz AQSH, Yaponiya, Kanada va Buyuk Britaniyaning hissalarini muhokama qilishni boshlayapmiz. Yevropa Ittifoqi 50 milliard dollarlik kreditning 50-60 foizini maqsad qilgan», dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, maqsad bu kreditni Yevropa Ittifoqi darajasida moliyalashtirishdir. Ukraina buning uchun har yili Rossiya aktivlaridan olinadigan foydadan to‘laydi.

Kiritildi: 13:40 22.06.2024. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!