Ivanovo viloyati ma’muriyati hujum qaytarilganini va hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS” agentligi.
Guvohlar hujum paytini va zarbadan keyin boshlangan yong‘inni videoga olishgan. Astra ushbu videolardan biri Rossiya Qurolli kuchlarining 112-raketa brigadasi harbiy shaharchasidan atigi 180 metr uzoqlikda olinganini aniqladi. Videoni suratga olgan guvohlardan biri yong‘in harbiy qism hududida yuz berganini aytgan.
16 aprel kuni ertalab ham Ukraina dronlari Shuya shahriga hujum qilgan edi. O‘shanda ikki kishi yengil tan jarohati olgani xabar qilingandi.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, aynan Shuya shahrida joylashgan 112-raketa brigadasi 13 aprel kuni Sumiga zarba bergan. Ushbu hujum natijasida 35 kishi halok bo‘lgan va 100 dan ortiq odam yaralangan.