Ukraina sudi davlatga xiyonat qilgan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini oqlagan shaxsni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar beradi Ukraina ichki xavfsizlik agentligi (SBU) Telegram’dagi postida.
SBUning ta’kidlashicha, erkak "tajovuzkorga havo hujumlarida yordam berishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari bo‘lgan mahalliy omborlarning koordinatalarini berishga harakat qilgan".
Unda aytilishicha, u Ukraina armiyasiga chaqirilmaslik uchun “uyda yashiringan”.
U jonli efirda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini “madh etganlikda” ayblangan va u, shuningdek, Ukraina bayrog‘iga ham o‘t qo‘ygan.
35 yoshli erkak janubi-g‘arbiy Chernovsi viloyatida yashagan.