The New York Times manbalariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha “ko‘p tomonlama nozik muzokaralar” allaqachon boshlanib, so‘nggi oylarda jadallashgan.
Ularning ma’lumotlariga asosan, Xitoy-Braziliya rejasini Zelenskiyning “tinchlik formulasi” bilan “muvofiqlashtirish” uchun “sokin diplomatik harakatlar” olib borilmoqda.
Diplomatlar aytishicha, "Trampning vositachi sifatidagi roli bu sa’y-harakatlar bilan qanday uyg‘unlashishi hozircha noaniq".
Ko‘rinishidan, aloqa guruhlaridagi yig‘ilishlarda Ukraina va vositachilar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda, keyin esa tinchlik rejasining har bir bandi bo‘yicha vositachilar Rossiya Federasiyasi bilan alohida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda yaqinda Yermak ma’lumot bergan edi.