Ukraina qo‘shinlari Severodonesk uchun olib borilgan janglarda bir qator bo‘linmalarda 90% gacha jiddiy yo‘qotishlarga uchradi, so‘ngra Lisichansk yo‘nalishida chekindi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Severodoneskdan chekinish chog‘ida ukrainalik harbiylarga Azot zavodida 100 tonnadan ortiq selitra va azot kislotasi bo‘lgan konteynerlarni minalash buyrug‘i berildi.
Kiyev Severodoneskdagi tanklarning kimyoviy moddalar bilan portlashi kimyoviy zaharlanish zonasini yaratishini va Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishini kechiktirishini kutmoqda, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi.