Bugun 30 yanvar, 2023 yil, dushanba

КИР

Ukraina bug‘doyining asosiy xaridori kim?

Ukraina bug‘doyining asosiy xaridori kim?

Avgust oyida ishga tushirilgan don kelishuvi Ukraina bug‘doyini Janubiy Koreya, Sudan, Eron, Jibuti va Irlandiyaga jo‘natish imkonini berdi. Biroq eng ko‘p miqdorda bug‘doy olish Turkiyaga to‘g‘ri kelgan. BMTning Comtrade platformasida keltirilgan ma’lumotda, shular ko‘rsatilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.

Don kelishuvi iyul oyining so‘nggi kunlarida Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari o‘rtasida imzolangan edi va avgust oyida mahsulot tashish ishlari boshlandi.

Natijada Ukraina avgust oyida dunyo bozoriga 594,3 million dollarlik mahsulot chiqardi. Iyul oyida bu ko‘rsatkich 407,6 million dollarni tashkil etgan edi. Hammadan ham Turkiya bug‘doy sotib olishni ko‘paytirgan va bir oyda qo‘shimcha 38,8 million dollarlik bug‘doy xarid qilgan. Shuningdek, Italiya, Germaniya, Livan va Ispaniya mamlakatlari ham bug‘doy xarid qilish hajmini oshirgan.

Qolaversa, Janubiy Koreya, Sudan, Eron, Jibuti, Irlandiya, Jazoir va Marshall orollari ham don xaridini keskin oshirgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, Ukraina bug‘doyiga asosiy xaridor hamon g‘arb mamlakatlari bo‘lib qolmoqda. Ukraina dunyo bozoriga chiqarayotgan barcha oziq-ovqat mahsulotining 66 foizi g‘arb mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ukraina don mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha yuqori o‘ntalikni Ruminiya (149,9 million dollar), Turkiya (97,7 million dollar), Polsha (54,6 million dollar) va Vengriya (33,3 million dollar) boshqarmoqda. Kuchli beshlikdan Janubiy Koreya ham joy olgan. Germaniya oltinchi, undan keyingi o‘rinlarni Livan, Misr, Sudan va Italiya egallagan.

Kiritildi: 07:15 01.12.2022. O'qildi: 4097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!