Ukraina 2025 yilda 30 mingta uzoq masofali uchuvchisiz samolyot va 3 mingga yaqin raketa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.
Hukumat rahbari ta’kidlaganidek, umuman olganda, 2025 yilda Ukrainada mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash uchun 2 trillion 230 milliard grivna (53 milliard dollar) ajratilgan. Qurol va harbiy texnikaga sarflanadigan xarajatlar kamida 739 milliard grivnani (17,6 milliard dollar) tashkil etadi.
Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini 30 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda.
"Biz uzoq masofaga uchuvchi komponent va raketa dasturiga alohida e’tibor qaratamiz, ukrainalik korxonalar kamida 30 ming dona uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda" - dedi Shmygal.
Bundan tashqari, Ukraina "Daniya modeli"ni ishlab chiqadi, unga ko‘ra sheriklar Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun mahalliy mudofaa sanoatidan qurol sotib oladilar. 2025 yilda shu yo‘l bilan 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etilishi rejalashtirilgan.