Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina 2022 yilning fevral oyidan boshlab byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun G‘arbdan qariyb 90 mlrd dollar oldi

Ukraina 2022 yilning fevral oyidan boshlab byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun G‘arbdan qariyb 90 mlrd dollar oldi

Ukrainaning ittifoqchilari va xalqaro moliya institutlari Kiyevga 2022 yil fevral oyidan buyon budjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida deyarli 90 milliard dollar ajratdi, deya xabar beradi Ukraina moliya vazirligi.

«O‘sha davrda (2022 yil fevralidan) tashqi moliyalashtirish 89,6 milliard dollarni tashkil etadi. 2024 yilda davlat budjetiga 16 milliard dollar xalqaro yordam ko‘rsatildi», — deyiladi vazirlik saytida.

Ukraina ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi kamomad bilan budjet loyihasini ishlab chiqmoqda va bu kamomadning katta qismini G‘arb hamkorlari yordamida qoplashni kutmoqda. Bu yil 43,9 mlrd dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:10 25.07.2024. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!