Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘h-ho‘! O‘zbekistonda yana 130 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

O‘h-ho‘! O‘zbekistonda yana 130 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

?2020 yil 27 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7682 (+131) nafarni tashkil etmoqda.
 
?Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 45 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida, 32 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 34 nafar Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
❗️Ayni paytda yurtimizda 5240 (+202) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 2422 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 23:50 27.06.2020. O'qildi: 5558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!