Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘g‘li uchun aliment to‘lagan ona

O‘g‘li uchun aliment to‘lagan ona

Oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ajrashgan ba’zi ota-onalar farzandlari ta’minoti uchun belgilangan alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlaydilar. Bu esa, tabiiyki, bolalarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazadi.

Shunday holatlardan biri Zomin tumanida qayd etildi. Sud qaroriga ko‘ra, S.A. voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i M.O. foydasiga aliment to‘lashi kerak edi. Biroq u bu majburiyatini bajarmasdan, natijada 15 million so‘m qarzdor bo‘lib qoldi.

Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, qarzdorning onasi tomonidan 15 million so‘m aliment puli to‘lab berildi.

Qizig‘i shundaki, o‘sha kuni Byuroning tuman bo‘limiga ikki ayol — ona va kelin bir vaqtda keldi: ona o‘g‘lining qarzini to‘lash uchun, kelini esa o‘g‘liga aliment pulini olish uchun.

Kiritildi: 20:55 01.11.2025. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!