Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘FA rahbarligi uchun yangi nomzodlar ma’lum bo‘ldi

O‘FA rahbarligi uchun yangi nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Kecha, 13 iyun kuni 2017 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti sifatida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov lavozimidan iste’foga chiqqan edi. 

QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, bugun, 14 iyun kuni O‘FA binosida maxsus yig‘ilish tashkil etiladi. Unda Umid Ahmadjonovning o‘rniga vise-prezidentlik uchun bir qator nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Asosiy nomzod sifatida FIFA referesi Ravshan Ermatov ko‘rilayotgani haqida ma’lum qilgandik. Bundan tashqari tashkilot vise-prezidentligiga AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov, O‘zbekiston boks federasiyasi vise-prezidenti Sokin Po‘latov va O‘FAning terma jamoalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdullayev nomzodlari ham ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatovning ham o‘z lavozimidan ketishi mumkinligi aytilgan edi.

Kiritildi: 14:15 14.06.2019. O'qildi: 3155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!