Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Uchtepada pichoqbozlik: qarindoshlar bir zumda dushmanga aylandi

Uchtepada pichoqbozlik: qarindoshlar bir zumda dushmanga aylandi

Albatta bunga sabab me’yoridan ortiq spirtli ichimliklar iste’mol qilingani. Uchtepa tumani "Ko‘rkamobod" mahallasida istiqomat qiluvchi S.V.  qarindoshi K.S.  bilan allamahalgacha otamlashib, gap talashib qolishadi. 

Natijada jang pichoqbozlikka aylandi. Oqibatda ikkala qarindosh ham bir biriga sovuq qurol (oshxona pichog‘i) orqali og‘ir tan jarohati yetkazishadi. Xonadon egasi S.V. og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. 

Kuni-kecha mahallalarda bu kabi noxush holatlarni oldini olish maqsadida "Ko‘rkamobod" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi hamda jamoatchilik  vakillaridan  iborat guruh a’zolari tomonidan fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi profilaktik tadbirlar doimiy olib boriladigan bo‘ldi.

Uchtepa tuman hokimligi
Matbuot xizmati

Kiritildi: 16:50 08.07.2020. O'qildi: 4263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!