Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Uchtepa tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go‘shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchtepa tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go‘shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda fuqarolar SH.K., J.M., J.A. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Xamdost” MFY hududidagi binoda tovuq go‘shtini qayta ishlash sexini tashkil etib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 4 674 kg. tovuq go‘shtini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:04 02.04.2024. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!