Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.A., SH.P. va D.S. (muqaddam sudlangan) "I.G." MCHJ ta’sischisi A.SH.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 3 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida 200 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.