Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “N.n.”, “M.s.”, “B.s.”, “S.k.” va “I.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.