Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Uchta yo‘nalishga ham kira olmaganlar qaysi birida super-kontraktda o‘qish mumkin?

Uchta yo‘nalishga ham kira olmaganlar qaysi birida super-kontraktda o‘qish mumkin?

“Super-kontrakt haqida bergan ma’lumotlarimdan keyin, bir qancha savollar kelib tushdi. Birin-ketin javob berishga harakat qilaman”, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining “Telegram”dagi kanalida..

Savol: Agar abituriyent uchala yo‘nalishga ham kira olmasa, unda super-kontraktning qaysi birini tanlashi mumkin?

Javob: O‘z xohlaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qishi mumkin, xohlasa, 2-yo‘nalishda. Agar o‘ziga ma’qul kelsa, 3-yo‘nalishda ham o‘qishi mumkin.

Savol: Agar abituriyent 1 yoki 2-yo‘nalishga kira olmasayu, lekin 3-yo‘nalishga kontraktga kirsa, bunday holatda 3-yo‘nalishda o‘qishni istamasdan, 1 yoki 2-yo‘nalishga super-kontraktga kirsa bo‘ladimi?

Javob: Ha, bo‘ladi. Agar oddiy kontraktda o‘qishni istamay, o‘zi yiqilgan 1 yoki 2-yo‘nalishda qimmat kontraktda o‘qishni istasa, tegishli OTM rektori nomina ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:31 10.08.2019. O'qildi: 3904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!