Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Uchko‘prikda 37 kishi ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda

Uchko‘prikda 37 kishi ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda


17–18 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 37 nafar fuqaro holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan shifokorlarga murojaat qilgan.

Dastlabki surishtiruvda ularning xot-dog va non-burger iste’mol qilgani aniqlangan. 31 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Oziq-ovqat va bemorlardan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Gumon qilingan shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv davom etmoqda.

Kiritildi: 19:05 18.09.2026. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!