Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Uch yuzdan ziyod afg‘on harbiylari Tojikistonga qochib o‘tdi

A A A
Uch yuzdan ziyod afg‘on harbiylari Tojikistonga qochib o‘tdi

Afg‘oniston harbiylari yana Tojikiston hududiga o‘tdi.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, 3 iyul kuni soat 18:30 larda Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi qator tumanlarni “Tolibon”* vakillari to‘liq egallab olgan. Shuningdek, toliblar to‘qnashuvlar chog‘ida Xohon tumanidagi “Ovez” chegara komendaturasini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, chekinish vaqtida shaxsiy tarkibni saqlash qolish maqsadida 300 nafardan ziyod Afg‘oniston hukumati kuchlari Tojikiston bilan chegarani kesib o‘tgan.

Tojikiston tomoni afg‘on harbiylarining chekinishiga monelik qilmagan.

Kiritildi: 18:39 04.07.2021. O'qildi: 4742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!