Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Uch yoshli bolani garovga olib, balkondan tashlab yuborish bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi (VIDEO)

Uch yoshli bolani garovga olib, balkondan tashlab yuborish bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi (VIDEO)

Irkuskda uch yoshli bolani garovga olgan va uch soat davomida balkonda uni tashlab yuborish bilan tahdid qilgan Roman Terentyev hibsga olingan.

Seshanba kuni Soveskaya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi erkak qo‘lida bola bilan derazadan balkon ostonasiga chiqib, go‘dakni o‘ldirish tahdidi ostida rafiqasi bilan uchrashishni talab qila boshladi. Hech qanday kelishuv unga ta’sir qilmadi. Polisiya xodimlari, psixolog va qo‘shnilar erkak bilan gaplashdi, keyin xotini keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, u yaqinda haddan tashqari rashk tufayli xotinini qattiq kaltaklagan. Hozirda ko‘zlari ko‘kargan ayol polisiyaga unga qarshi ariza yozgan.

Oxir-oqibat Terentyev bolani onasiga berishga rozi bo‘ldi. Shundan so‘ng kvartiraga maxsus kuchlar kirib keldi. Erkak hibsga olingan.

Kiritildi: 17:12 13.07.2021. O'qildi: 2911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!