O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, kuni kecha aldov yo‘li bilan olib chiqib ketilayotgan uch nafar ayol to‘xtatib qolingan.
Toshkent viloyati Qibray tumani “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Mayskiy” chegara posti orqali 28 yoshli J.U Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 32 yoshli N.O, 28 yoshli O.N. va Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi 26 yoshli M.R.ni xorijda “yaxshi daromadli ish” topib berishni va’da qilib, ularni Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib o‘tib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Uch nafar ayol ham O‘zbekiston hududiga qaytarildi. Bu ularning qullikka giriftor bo‘lishidan qutqarib qolindi, degani.
J.U.ga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning odam savdosi bilan bog‘liq moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: darakchi. uz