Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tuxumbarak, tandirgo‘sht, Jizzax somsasi bilan turistni jalb qilishmoqchi

A A A
Tuxumbarak, tandirgo‘sht, Jizzax somsasi bilan turistni jalb qilishmoqchi

O‘zbekistonda ilk bor Gastronomik turizm assosiasiyasi ochildi.

Assosiasiya O‘zbekistonning jahon gastronomik turizmi bozoriga chiqishi, xalqaro miqyosda ommalashgan gastronomik sayyohlik infratuzilmalarini yaratishni maqsad qilgan.

«O‘zbek taomlari turistlarni jalb qiluvchi asosiy detallardan biridir. Gastronomik assosiasiya O‘zbekistonning gastronomik brendlarini yaratish va ommalashtirishni ham ko‘zda tutadi. Shuningdek, o‘zbek milliy taomlari tarixini xorijiy sayyohlarga tanishtiradigan “O‘zbek milliy gastronomiyasi muzeyi” tashkil etiladi», – deydi assosiasiya raisi Gulnoza Odilova.

Gastronomik assosiasiya O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yili noyabr oyida «Lazzatli O‘zbekiston» xalqaro milliy taomlar festivalini tashkil qiladi. Xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning gastronomik jozibasini targ‘ib etuvchi media event va haftaliklar o‘tkazadi.

Bundan sal avval mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va yaxshilashga yo‘naltirilgan Otelyerlar assosiasiyasi ham tuzilgandi.

Kiritildi: 07:15 07.08.2019. O'qildi: 3205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!