Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

To‘rtko‘lda 22 yoshli qiz va uning 79 yoshli buvisi pichoqlab ketildi. Ayol vafot etgan, qiz kasalxonada

To‘rtko‘lda 22 yoshli qiz va uning 79 yoshli buvisi pichoqlab ketildi. Ayol vafot etgan, qiz kasalxonada

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi o‘ldirib ketildi. Uning 22 yoshli nabirasiga tan jarohati yetkazilgan. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib «Xabar.uz» ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 29 noyabr kuni ertalab to‘rtko‘llik 79 yoshli S.D.ning (ayol) murdasi qotillik alomatlari bilan o‘z xonadoni mehmonxonasidan topilgan. Shuningdek, voqea joyida ayolning 22 yashar nabirasi (qiz bola, talaba) tan jarohatlari (o‘tkir tig‘li jism bilan tanasiga bir necha marta urilgan) bilan yotgani ham aniqlangan.

Hozirda ayolning nabirasi kasalxonada. Unga yetkazilgan jarohatlar darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 12:32 01.12.2020. O'qildi: 4428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!