Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, To‘rtko‘l savdo kompleksi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro YU.ga 2 900 AQSh dollarini 32,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.