Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

To‘rt nafar nomzod navbatdagi 10 yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlandi

To‘rt nafar nomzod navbatdagi  10 yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash vakolatiga doir qator masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda bir necha nafar nomzodlarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash masalasini ham muhokama qilindi.
Pirovardida, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Nematillayev Ural Xolmurodovich -sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Tursunbayev Dilshad Yulchibayevich -sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Bakayev Shuhrat Shavkatovich -sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi lavozimiga;

Xasanova Mexribon Atabayevna -sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish @sudyalaroliykengashi

Kiritildi: 09:00 21.07.2021. O'qildi: 2701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!